Vatan farzandlari nomi barhayot








So‘x tumanida Ikkinchi jahon urushi yillarida mardlik va jasorat ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz xotirasini e’zozlashga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda. Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan bu borada bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Hushyor qishlog‘ida tug‘ilgan va “Tojik botiri” unvonini olgan taniqli vatandoshimiz Teshaboy Odilov nomi bugun ham so‘xliklar uchun faxr va iftixor manbaidir. Tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tashabbusi bilan qahramonning tug‘ilgan uyiga maxsus ekskursiya tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Teshaboy Odilovning janglarda ko‘rsatgan jasorati, vatanparvarlik va matonat yo‘lidagi ibratli hayoti haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan muzey va “Xotira burchagi” ham ko‘zdan kechirildi. Yoshlar bilan suhbatda qahramonning yurtga sadoqat, matonat va jasorat namunasi bo‘lgan hayot yo‘li haqida keng tushunchalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



“Milliy qadriyatlar kuni” tadbiri muntazam davom etmoqda







