Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
153
16

232025-11-22 15:34

«Uzshaharssozlik LITI» binosida Respublika arxitektura va shaharssozlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154255675.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154256870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154258065.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154259260.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154260455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154261650.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750154262845.jpg

«Uzshaharssozlik LITI» binosida Respublika arxitektura va shaharssozlik Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida «Uzshaharssozlik LITI» hamda «ToshkentboshplanLITI» davlat muassasalari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qator shahar va shaharchalarning bosh reja hamda batafsil rejalashtirish loyihalari muhokama qilindi.

Jumladan, quyidagi hududlarga oid loyihalar ko‘rib chiqildi:

Navoiy viloyati, Nurota tumani, Yangibino shahri;

Jizzax viloyati, Zomin tumani, Zomin shaharchasi;

Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Yonariq shaharchasi;

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumani, Yangiyo‘l shahri;

Samarqand viloyati, Samarqand shaharining bosh rejasi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati So‘x tumani Ravon MFY hududida 330 o‘rinli yangi ixtisoslashgan maktab qurilishi uchun taklif etilgan yer maydoni tasdiqlangan Ravon shaharchasining bosh rejasi asosida atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu tadbirda So‘x tumani hokimligidan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Boybolayev ham ishtirok etdi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz