Qonunchilikdagi yangiliklar

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish samaradorligi oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi Farmon (PF–222-son, 20.11.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan belgilab berilgan ijtimoiy yordam turlari Kamabag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga ijtimoiy shartnoma orqali quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
— Ta’lim olishni uzluksiz davom ettirish;
— Ta’lim jarayonida ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga erishish;
— Volontyorlik faoliyatini amalga oshirish;
— “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyihalarda qatnashish.
Shartlar bajarilmagan taqdirda qo‘llaniladigan choralar:
— 15 kun ichida ijtimoiy shartnomaning bajarilmagan shartlarini bajarish to‘g‘risida ogohlantirish;
— Ijtimoiy yordam miqdorlarini 15%dan 30%gacha kamaytirish;
— Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 oydan 6 oygacha vaqtincha to‘xtatish;
— Ijtimoiy yordam ko‘rsatishni 1 yil va undan ko‘p muddatga to‘xtatish.
Muntazam va yuqori darajada ijtimoiy shartnoma shartlarini 6 oydan ko‘p muddat bajargan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:
— Navbatdan tashqari ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
— Eng yaxshi 1 000 nafar yosh har yili bir marta BHMning 3 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
— Yoshlarning tashabbuskorligi va faolligini rag‘batlantirishga qaratilgan mukofotlarga tavsiya etiladi.
2026 yil 1 fevraldan kamabag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoshlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
— Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘tash tartibi joriy etiladi, shu maqsad uchun subsidiyalar ajratish tartibi bekor qilinadi.
— “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali:
• Avtomototransportlar haydovchilarini tayyorlash o‘quv kurslari xarajatlari qoplanadi (A, B, D va DE toifadagi guvohnoma uchun);
• Kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining kontrakt summasining 50%gacha qismi ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasiga qarab to‘lanadi va 1 o‘quv yili uchun BHMning 50 barobaridan oshmasligi lozim;
• Bir shaxs 1 yil davomida turli ijtimoiy yordam turlaridan ko‘pi bilan 2 marta foydalanishi mumkin.
Bu o‘zgarishlar yoshlar uchun haqiqiy imkoniyat va ijtimoiy yordam samaradorligini oshiradi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Vatan farzandlari nomi barhayot


“Milliy qadriyatlar kuni” tadbiri muntazam davom etmoqda







