Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
16
0

Ma'muriy-hududiy tuzilishi

So'x tumani Oʻzbekiston Respublikasining Fargʻona viloyatidagi tuman. Tuman 1942-yil iyulda tashkil etilgan. 1959-yil 7-martda Rishton tumaniga qoʻshib yuboriladi, 1990-yil 27-fevralda esa qaytadan tuziladi. Qirgʻiziston bilan chegaradosh tuman. Maydoni 0,22 ming km². Aholisi 80 mingga yaqin (2016). Tumanda 27 ta mahalla fuqarolari yigʻini (Ravon, Hushyor, Soʻx, Qizilqiyoq, Sarikanda, Saribozorcha, Demirsad, Qal’a, Devayron, Navobod, Gʻaznov, Tul, Chumoqcha, Devayron, Lenburg, Hazrati Ali, Sharqobod, Qizilqiyoq, Chashma) mavjud. Tuman mararkazi — Ravon qishlogʻi.

Tabiati

Tuman hududi Fargʻona viloyati janubida, Soʻx daryosi vodiysida joylashgan. Foydali qazilmalardan neft, gaz, shagʻal mavjud. Iqlimi keskin kontinental. Yanvar oyidagi oʻrtacha temperatura — 6—7°, eng past temperatura — 27°, iyul oyida oʻrtacha —23,6°, eng yuqori koʻrsatkich — 42°. Yillik yogʻin miqdori —180 mm. Tuproqlari boʻz tuproq va oʻtloqi tuproqlardan iborat.

Yovvoyi hayvonlardan tulki, boʻri, toʻngʻiz, quyon, togʻ echkisi, parrandalardan kaklik, bedana, zagʻcha, qargʻa, toʻrgʻay, kaptar, chumchuq, qaldirgʻoch, kemiruvchilardan kalamush va boshqa koʻplab turlar uchraydi. Shuningdek, daryo va koʻllarida turli xildagi baliqlar bor.

Togʻ sharoitida naʼmatak, rovoch, kiyikoʻt, zira, yalpiz, shuvoq va shunga oʻxshash dorivor oʻsimliklar oʻsadi.

Aholisi, asosan, tojiklar, shuningdek, oʻzbek va qirgʻiz millati vakillari ham istiqomat qiladi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 300 kishi. Aholinning barchasi istiqomat qiladi.

Aholisi

Arxiv maʼlumotlariga koʻra, 1909-yilda Soʻx volosti Konibodom uchastkasi tarkibiga kirgan boʻlib, bu yerdagi 2594 xonadonda 12 144 nafar aholi istiqomat qilgan, shundan 8853 nafari tojiklar, 3291 nafari qirgʻizlar boʻlgan.

Hozirda tuman 19 ta aholi punktidan iborat. Aholisi 74,1 ming kishi, shu jumladan, shahar aholisi 38,8 ming kishini (65,9%) va qishloq aholisi esa 20,1 ming kishini (34,1%) tashkil etadi. Millatiga koʻra tojiklar 99,2% ni, qirgʻizlar 0,7% ni, oʻzbeklar 0,1% ni tashkil etadi.

Aholisi:

84.0 ming kishi

Maydoni:

220 kv.km

Tashkil topgan yil:

1942 yil

Rasmiy vebsayti:

soh.uz

Sanoatning asosiy tarmoqlari:

Asosiy daromadi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan. Tumanda kichikroq korxonalar, jumladan, 50 ta xususiy korxona, shirkat, dehqon, fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari:

Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlarga don, sabzavot, urugʻlik kartoshka, yem-xashak ekinlari ekiladi. Tumanda bogʻdorchilik ham rivojlangan. Xususan, „Safedak“, „Qandak“ kabi oʻrik va „Pistapoʻchoq“, „Chaspak“ singari yongʻoq navlari aynan shu hududda yetishtiriladi.