Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
153
16

222025-11-22 15:40

So‘x tumanida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593287920.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593290310.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593291505.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593292700.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593293895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593295090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593296285.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2107750593296285.jpg

Tanlovning asosiy maqsadi mahallalarda xonadon va ko‘chalarning obodligi, ko‘kalamzorlashtirilganligi, aholi orasida sog‘lom turmush tarziga rioya etilishi hamda mahalla rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholashdan iborat. Shu orqali “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etildi.

Tuman madaniyat markazida tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev tumanda faoliyat yuritayotgan mahallalarning faoliyatiga alohida to‘xtaldi.

Tanlov shartlari va baholash jarayonlari hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshirildi. Mahallalar baholanib, g‘oliblar keyingi bosqichga yo‘l olish huquqiga ega bo‘ldi.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

• “Obod xonadon” yo‘nalishida:
1-o‘rin — Sarikanda, 2-o‘rin — Navobod, 3-o‘rin — Tul;

• “Obod ko‘cha” yo‘nalishida:
1-o‘rin — Tul, 2-o‘rin — Rоvon, 3-o‘rin — Yangiariq;

• “Obod mahalla” yo‘nalishida:
1-o‘rin — Tul mahalla fuqarolar yig‘ini, 2-o‘rin — Yangiariq, 3-o‘rin — Rоvon mahallasi.

G‘olib va sovrindor mahallalarga qimmatbaho sovg‘alar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz