“Milliy qadriyatlar kuni” tadbiri muntazam davom etmoqda








Prezidentimizning 27-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida So‘x pedagogika texnikumida “Milliy qadriyatlarga ehtirom” tadbiri muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Tadbir doirasida o‘qituvchi va o‘quvchilar milliy liboslar, milliy do‘ppilar hamda xalqimizning qadimiy urf-odat va an’analarini ifoda etuvchi bezaklar bilan qatnashib, milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga hissa qo‘shmoqdalar.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy jarayon yoshlar ongida milliy o‘zligini anglash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash, shuningdek, ularni Vatanparvarlik va yuksak ma’naviyatga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Vatan farzandlari nomi barhayot









