Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
16
0

So'x tuman hokimi

33

2025-02-22

https://api3.fergana.uz/files/face/users/file-2065424196234740.png

Sayidmusayev Sayidbaxrom Sayidburxonovich

Tug'ilgan yili:1970-08-21
Tug'ilgan joyi:Farg'ona viloyati, Qo'shtepa tumani
2020-06-03 dan: Farg'ona viloyati So'x tumani hokimi
Telefon:
Elektron pochta:demo@minimals.cc
Millati:o'zbek
Partiyaviyligi:yo‘q
Ma'lumoti:oliy
Tamomlagan:1992 y. Farg'ona davlat universiteti (kunduzgi), 2002 y. O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan (kunduzgi)
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:huquqshunos
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi:yoq
Mehnat faoliyati
1996-1996 yy - Toshkent shahar IIBB o'quv markazi tinglovchisi
1996-1997 yy - Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar IIB voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha inspektsiyasi inspektori
1997-1999 yy - Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar IIB militsiya uchastka inspektori
1999-2001 yy - Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar IIB jinoyat qidiruv bo'linmasi tezkor vakili
2001-2002 yy - Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar IIB jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'limi bosqinchilik va o'zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo'linmasi katta tezkor vakili
2002-2004 yy - Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar IIB jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'limi fuqarolarning xayoti va salomatligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bilan kurashish bo'linmasi boshlig'i
2004-2005 yy - O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi Oliy akademik kurslari tinglovchisi
2005-2005 yy - Farg'ona viloyati Farg'ona tumani IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari-jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'linmasi boshlig'i
2005-2008 yy - Farg'ona viloyati Marg'ilon shahar IIB boshlig'ining birinchi o'rinbosari-jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'limi boshlig'i
2008-2011 yy - Farg'ona viloyati Quva tumani IIB boshlig'i
2011-2015 yy - Farg'ona viloyati Qo'qon shahar IIB boshlig'i
2015-2017 yy - Farg'ona viloyati Beshariq tumani IIB boshlig'i
2017-2017 yy - Farg'ona viloyati IIB ixtiyorida
2017-2017 yy - Farg'ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'limi boshlig'i
2017-2019 yy - Farg'ona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari-o'zgalar mulkini talon-taroj qilishga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i
2019-2020 yy - Farg'ona viloyati So'x tumani IIB boshlig'i
2020 yil h/v - Farg'ona viloyati So'x tumani hokimi
Vazifalari
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash; tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institusional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish; tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investisiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish; hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish; qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish; aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovasion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovasion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish; qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish; rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;