Fuqarolar murojaatlari tinglandi








O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumani Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi ochiq qabul bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida tuman hokimi o‘rinbosarlari Ilhomjon Abdumajidov, Sodiqjon Murzoev va Madinaxon Safarova ishtirok etdi.
Qabulda fuqarolar tomonidan moddiy va tibbiy yordam ko‘rsatish, uy-joyni ta’mirlashda amaliy yordam berish hamda boshqa turdagi masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Barcha murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olindi. Echimi joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi, ayrim fuqarolarga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.
Muddat talab etuvchi murojaatlar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi bo‘yicha nazoratga olindi.
Bunday ochiq qabullar fuqarolarning muammolarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samarali hal etish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va xalqchillik tamoyillarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Istiqbolli davlat xizmatchisi 2025






