Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
155
16

812025-12-06 19:42

So‘x tumani uchun g‘ururli yutuq: o‘quvchilar Respublika olimpiadasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

https://api3.fergana.uz/files/151400/news/news_1765032088996.jpg

So‘x tumani ilm-ma’rifat sohasida yana bir ulkan zafarni qo‘lga kiritdi. 2025–2026 o‘quv yili doirasida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida tumanning 10 nafar iqtidorli o‘quvchisi yuqori natijalarga erishib, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Eng quvonarlisi — aynan shu yuksak ko‘rsatkichlar sabab So‘x tumani Farg‘ona viloyati tumanlari orasida 1-o‘rin sohibi bo‘ldi. Bu natija yurtimiz ilmiy salohiyatini oshirishda so‘xlik yoshlarning munosib o‘rni borligini yana bir bor isbotladi.

Bu ulkan yutuq ortida fidoyi va samimiy mehnat qilayotgan o‘qituvchilarimiz, bilimga chanqoq o‘quvchilarimiz hamda farzandlari uchun doimo suyanch bo‘lib kelayotgan ota-onalarning mehnati turibdi.

So‘x ahli bu natijani katta g‘urur bilan kutib oldi. Bunday zafarlar kelajak avlodning bilim va iqtidoriga bo‘lgan ishonchning yorqin ifodasidir.

Barcha g‘oliblarni va ularni tayyorlagan ustozlarni chin qalbdan tabriklaymiz!

Sizlar tumanimiz sha’nini yuksaltirdingiz — yurtimiz sizlar bilan faxrlanadi!

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz