So‘x tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etildi







“Yashil makon” umumxalq loyihasi doirasida So‘x tumanida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Har bir soha va tizim vakillari o‘z hissasini qo‘shib, nihol ekishga hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, tuman Sanitariya-Epidemiologik-Osoyishtalik va Jamoat salomatligi bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
Bugun tuman hokimligi vakillari, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi vakillari, tuman SEO va JS bo‘limi xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirokida yangi bog‘ga asos solindi. Yaxshi niyat bilan ekilgan har bir nihol ertaga sog‘lom va ko‘rkam daraxtga aylanadi.
Yangi bog‘ga asos solish jarayonida tuman hokimi o‘rinbosarlari ham ishtirok etib, ushbu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatlashini bildirdilar.
Mazkur tadbir aholi uchun yashil hududlar, sog‘lom muhit va ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sux tumanida elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati tekshirildi

Mulgon mahallasida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi


So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik .






