Konstitutsiya — xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi










Sux tumani madaniyat markazi majlislar zalida Konstitutsiyamizning 33 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi idoralar rahbarlari, korxona-tashkilot rahbarlari, ustoz va murabbiylar, keng jamoatchilik ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev so‘zga chiqib, Bosh Qomusimizning fuqarolarimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida gapirib, huquqiy davlatning belgisi — barcha fuqarolarning irqi, millati, dinidan qat’i nazar qonun oldidagi tengligida ekanligini ta’kidladi.
Sux tumani prokurori Sadirali Mirzokarimov ham o‘z nutqida Konstitutsiya xalqning huquqiy siymosi, Konstitutsiyamizning benazir huquqiy qadriyat, muqaddas hujjat ekanligi haqida gapirib o‘tdi. Konstitutsiyani baxt Qomusi deb bejiz aytilmaydi.
Tadbir davomida bir guruh mehnat fidoyilariga esdalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Konstitutsiya bayramiga bag‘ishlab konsert dasturi tuman madaniyat bo‘limi xodimlari va tumandagi davlat umumta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan ishtirokchilarga taqdim etildi. O‘quvchi-yoshlar tomonidan sahnada baxtimiz Qomusi she’r va qo‘shiqlar ila tarannum etildi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sux tumanida elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati tekshirildi

Mulgon mahallasida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi

So‘x tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etildi

So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik .






