So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik .





So‘x tumanida tashkil etilgan kuz-qish shtabi mutasaddilari va mas’ul rahbarlar, jumladan tuman elektr ta’minoti hamda favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida tuman markaziy shifoxonasining issiqlik ta’minoti tizimi tahliliy tarzda o‘rganildi.
Tahlil davomida mavjud kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, issiqlik uzatish tarmoqlari holati, quvvat manbalari va isitish qurilmalarining ish jarayoni nazoratga olindi, zarur yo‘nalishlar bo‘yicha tuzatish va profilaktika ishlari rejalashtirildi.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi — aholi va tibbiyot muassasalari uchun qish mavsumida barqaror va uzluksiz issiqlik ta’minotini yaratish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda aholining qulayligi va xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sux tumanida elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati tekshirildi

Mulgon mahallasida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi


So‘x tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etildi






