Mulgon mahallasida yangi savdo majmuasi foydalanishga topshirildi










Aytish lozimki, tumanimizda aholiga xizmat ko‘rsatish nuqtalari kundan-kunga ortib bormoqda. Bu esa aholiga sifatli mahsulotlar yetkazish va ularning narxini arzonlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Bugun Mulgon mahallasida yangi aholiga xizmat ko‘rsatish markazi — “Baraka Stroy” savdo majmuasi foydalanishga topshirildi. Taqdimot marosimida so‘z olganlar tadbirkor Oxonjon Vositovning faoliyatiga omad tiladilar va yangi majmuaning aholi uchun foydali bo‘lishiga ishonch bildirdilar.
Mazkur majmuada asosan qurilish mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, majmuaning ikkinchi qavatida mahalla yoshlari uchun o‘quv markazi tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, bu yerda ular kasb mahorati va bilimlarini mustahkamlashlari mumkin.
Yangi savdo majmuasi aholiga qulaylik yaratish, mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va mahalliy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Sux tumanida elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati tekshirildi


So‘x tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida yangi bog‘ tashkil etildi

So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik .






