Savol bering, javob beramiz

Savol: Uyma-uy yurib ro‘yxatga olish jarayonlarida kimlar ishtirok etadi?
Javob: Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichida, ya’ni 2026-yil 4–28 fevral kunlari uyma-uy yurib ro‘yxatga olish jarayonida “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etadi.
Uyma-uy yurib ro‘yxatga olish ishlarini tashkil etuvchi xodimlar tarkibi quyidagicha:
— Hokim yordamchisi
— Ijtimoiy xodim
— Yoshlar yetakchisi
— Xotin-qizlar faoli
— Soliq inspektori
Ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘i – mahalla raisi,
Ro‘yxatga olish uchastkasi boshlig‘ining o‘rinbosari – profilaktika inspektori.
Istisno hollarda, zarurat tug‘ilganda, tarkibga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Istiqbolli davlat xizmatchisi 2025






