Ta'lim dargohi bitiruvchilariga va kasb egalariga aylangan talabalarga diplomlar taqdim etildi








Bugun Guliston mahalla fuqarolar yig'inidagi politexnikumda 2024-2025 o'quv yili bitiruvchilariga diplomlar topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi o'rinbosari Ilhom Abdumajidov barcha bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan tabrikladi.
Tadbir jarayonida barcha bitiruvchilarga diplom va tashakkurnomalar topshirildi. Prezidentimizning 2025 yil 1 yanvarь kunidagi Farmoniga asosan Guliston kasb-hunar maktabi negizida mazkur politexnikum tashkil etilib, diplom olgan bitiruvchilar politexnikumning birinchi qaldirg'ochlari hisoblanishadi.
Tadbirda mazkur ta'lim dargohi rahbariyati va bitruvchilarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari ham ishtirok etib, bayram shukuhidan bahramand bo'lishdi. Ta'lim dargohini a'lo baholar bilan bitirgan va diplom sohiblariga aylangan talabalarning ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildirildi va tadbir san'at ustalarining chiqishlari bilan yanada fayzli o'tdi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz


So'x tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabiga “Obi hayot” keldi!


