Xushxabar

TOP-100 reytingidan so'xlik yoshlar yetakchisi o'rin oldi
Mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan eng ilg'or yetakchilar ro'yxati har chorakda e'lon qilinadi. Bu gal 2025-yilning ikkinchi choragi natijalariga ko'ra shakllangan TOP-100 yoshlar yetakchilari reytingi e'lon qilindi.
Bu ro'yxatda tumanimizning Zangat mahalla fuqarolar yig'ini yoshlar yetakchisi Ahrorshoh Amirshoyev joy olib, tizimda o'z bilim va fidoyiliklari bilan yoshlarga yo'l ko'rsatib, ularning maqsad va intilishlarini amalga oshirishda jonbozlik ko'rsatib kelayotganini namoyon qildi.
Ahrorshox Amirshoyevni o'z kuch va imkoniyatlarini to'liq ishga solib, reytingdan munosib o'rin olgani bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Davlat xizmatlari markazi – xalq xizmatida


Majburiyatini bajarmagan otaga "15 sutka" ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi

So'x tumanidagi faol nuroniylar bilan hisobot yig'ilishi o'tkazildi