Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
103
11

212025-07-30 17:31

Davlat xizmatlari markazi – xalq xizmatida

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004519650.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004590155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004593740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004597325.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004599715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004600910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004600910.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095885004602105.jpg

Bugungi kunda yurtimizda davlat xizmatlarini ko'rsatish tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarga qulay va shaffof shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Shu nuqtai nazardan So'x tumanida ham Davlat xizmatlari markazi o'z faoliyatini jadal olib bormoqda.

– Bugun davlat xizmatlari markazi aholi va fuqarolarning haqiqiy yordamchisiga aylangan, – deydi So'x tumani Davlat xizmatlari markazi rahbari Muxtorjon Saidahmedov. – Ushbu dargohdan “hech kim noumid bo'lib ketmagan” degan gap bejiz aytilmaydi.

Markazda faoliyat yuritayotgan har bir xodimning o'z vazifasi bor. Biroq barchaning asosiy vazifasi – xalqqa xizmat qilishdan iborat.

So'x tuman Adliya bo'limi huzuridagi Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2025 yilning birinchi yarim yilligida jami 30 340 ta davlat xizmati ko'rsatildi. Shuningdek, 104 ta yuridik shaxs va 135 ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Jismoniy shaxslarga ko'rsatilgan xizmatlar orasida 705 ta xorijga chiqish uchun biometrik pasport va 300 ta haydovchilik guvohnomasi rasmiylashtirib berilgani ahamiyatli ko'rsatkich hisoblanadi.

So'x tumani Davlat xizmatlari markazi kelgusida ham aholiga tez, sifatli va qulay davlat xizmatlarini ko'rsatishni o'z oldiga ustuvor vazifa etib belgilagan.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz