Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
103
11

222025-07-30 17:26

So'x tumanidagi faol nuroniylar bilan hisobot yig'ilishi o'tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653837340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653839730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653840925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653843315.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653844510.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653845705.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884653845705.jpg

So'x tumanida jami 25 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo'yicha 405-sonli qaroriga asosan, har bir mahalladan katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan, mahallada obro'-e'tibor qozongan 3 nafar faol nuroniy tanlab olindi.

Ushbu tashabbus doirasida umumiy hisobda 81 nafar nuroniy beshtadan kambag'al oilaga biriktirilib, ularni kambag'allikdan chiqarish, sog'lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash bo'yicha amaliy yordam ko'rsatib kelmoqda.

So'x tumani madaniyat markazi majlislar zalida bugun ushbu nuroniylar bilan hisobot yig'ilishi o'tkazildi. Yig'ilishda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirok etib, dasturning muhimligi, nuroniylarning zimmasidagi mas'uliyat va ularning 6 oy mobaynida olib borgan ishlarini alohida ta'kidladi.

Yig'ilishda 6 oylik shartnomalarning amal qilish muddati 31 iyulь kuni yakunlanishi ma'lum qilinib, 1 avgustdan boshlab yangidan shartnomalar tuzish taklif qilindi. Shuningdek, nuroniylarning yangi vazifalari — mahallalardagi ozodalik va obodonlashtirish ishlarida, turli tantanalar va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ham faol ishtirok etishi zarurligi ta'kidlandi.

Qaror ijrosi yuzasidan faol nuroniylarga qo'shimcha yo'nalishlar, amaliy ko'nikmalar va ko'maklashuv mexanizmlari yuzasidan ham tushuntirishlar berildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz