Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
103
11

212025-07-30 17:29

Majburiyatini bajarmagan otaga "15 sutka" ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095884881738180.jpg

Majburiy ijro byurosi So'x tuman bo'limi ish yurituvida bo'lgan aliment undirish bilan bog'liq ijro hujjati bo'yicha uzoq muddatdan buyon aliment qarzdorligini to'lashdan bo'yin tovlab kelayotgan qarzdorga nisbatan to'plangan hujjatlar MJtKning 47.4-moddasiga asosan jinoyat ishlari bo'yicha So'x tuman sudiga taqdim qilindi.

Mazkur ma'muriy ish JIB So'x tuman sudida ko'rib chiqilib, sudning 25.07.2025 yilgi qaroriga asosan farzandiga aliment to'lashdan bo'yin tovlab kelib, majburiyatini bajarmagan qarzdor ya'ni D.B. 10,6 mln. so'm miqdorida aliment qarzlarini to'lamaganligi sababli, unga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

F.A.Saxobidinov - Byuroning So'x tuman bo'limi davlat ijrochisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz