Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
76
9

532025-06-13 20:34

So'x tumanida Respublika ishchi guruhi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni o'rganish va bartaraf etish yuzasidan o'rganishlar olib borilyapti

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533058615.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533063395.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533064590.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533066980.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533072955.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533074150.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533077735.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2091045533082515.jpg

Bugun tumanimizning 3-sektori hududidagi mahallalarda Prezident Administratsiyasi ishchi guruhi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishga oid amalga oshirilgan tizimli ishlar yuzasidan o'rganishlar olib borildi. Mazkur ishchi guruh tarkibida bo'lgan tuman hokimligi vakillari, viloyat va tumanning mutasaddi idoralar xodimlari O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakili boshchiligida hududdagi Hushyor, Qaqir, Sebzor, Qizilqiyoq va Sharqobod mahalla fuqarolar yig'inlarida bo'lishdi.

Ishchi guruh tomonidan mazkur mahallalarda Prezidentimizning 2020 yil 8 avgust kuni So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan 4798-sonli qarori asosida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Turli sabablarga ko'ra, qarorning ayrim bandlari ijro etilmay qolib ketganligi bo'yicha tegishli idoralar vakillari ishchi guruh a'zolariga ma'lumot berishdi.

Asosan, ushbu hududda ichimlik va sug'orish suvi ta'minotida muammolar mavjud. Ba'zi mahallalarda ichimlik suvi tarmog'i tortilgan bo'lsada, mazkur “obi hayot” tarmog'i suv manbaiga ulanmagan. Asosiy sabab – suv manbaining yetishmovchiligi va yo'qligi. O'rganish jarayonida mahalallar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ishlar, tabiiy gaz, elektr energiyasi ta'minoti, asosiy va ichki yo'llarni ta'mirlash bo'yicha qilinishi lozim bo'lgan, biroq, bajarilmay kelayotgan holatlarga ham oydinlik kiritildi.

Bevosita mahalallar yettiligi va fuqarolar bilan bo'lib o'tgan suhbat va uchrashuvlarda aholi tomonidan muammo bo'lib kelayotgan masalalarni hal etishga doir takliflar ham o'rtaga tashlandi. Eslatib o'tamiz, mazkur o'rganishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 07.06.2025-yildagi 03-1181/21-sonli topshirig'i ijrosini ta'minlashga qartilgan bo'lib, So'x tumanida aholini qiynab kelayotgan muammolarni o'rganish va bartaraf etish hamda mavjud muammolar bilan ishlash samaradorligi va natijadorligini oshirish bo'yicha olib borilyapti.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz

Boshqa yangiliklar