Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

402025-10-30 19:44

So‘x za’faroni – dunyo bozorida

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361370970.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361372165.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361374555.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361375750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361376945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361378140.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361379335.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393361380530.jpg

So‘x tumani agrar salohiyatga ega hudud sifatida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. Ushbu jannatmakon go‘shada yerning har bir bo‘lagi samarali foydalanilib, mahsulot yetishtirishda jahon tajribasi keng joriy etilmoqda.

Bugungi kunda tuman aholisi kartoshkachilik bilan bir qatorda, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va xorijiy bozorlarga yetkazib berish yo‘nalishida ham tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Shu jarayonning yorqin namunasi sifatida “So‘x Shafran Export” ishlab chiqarish kooperativi faoliyatini aytib o‘tish mumkin. Kooperativ rahbari Rashodjon Odilboevning ma’lum qilishicha, So‘xda yetishtirilayotgan za’faron (shafran) bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz ichida, balki G‘arb va arab davlatlariga ham eksport qilinmoqda.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulchehra Jo‘rayeva So‘x tumaniga tashrif buyurib, mazkur korxonada bo‘ldi va tadbirkor bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida tuman iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasida fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, deputat tuman hokimi bilan birgalikda tuman markaziy bozorida ham bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, bozor narxlari barqarorligi va aholiga taqdim etilayotgan mahsulotlar sifatini o‘rgandi.

Amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimiz rahbarining “Har bir hududda o‘zining eksportbop brendi bo‘lishi kerak” degan g‘oyasining amaldagi ifodasidir.

So‘x za’faroni — bu faqat mahsulot emas, balki tumandagi mehnatsevar insonlarning fidoyiligi, mehnati va zamonaviy fikrlashining ramzidir.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz