Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

382025-10-30 19:41

Deputat Gulchehra Jo‘raeva So‘x tumani aholisi bilan uchrashdi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393156743950.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393156746340.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393156748730.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393156749925.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393156749925.jpg

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulchehra Jo‘raeva So‘x tumaniga tashrif buyurib, tumandagi bir qator mahallalarda bo‘ldi va aholi bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvlar davomida yurtimizda nuroniylar va keksalar avlodi vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning hayot darajasini oshirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar haqida so‘z yuritildi.

So‘x mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan davra suhbati ham ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Gulchehra Jo‘raeva suhbat davomida shunday dedi:
— “So‘xlik nuroniylar siymosida amallar unumdorligini ko‘ramiz. Siz azizlarda mustahkam iymon va metin iroda bor. Sizlarning duolaringiz bilan hali ko‘p xayrli ishlar amalga oshiriladi.”

Tadbir jarayonida mahalla oqsoqollari va faollari ham so‘zga chiqib, mamlakatimiz rahbari tomonidan keksalar avlodiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun samimiy minnatdorliklarini izhor etdilar.

Uchrashuvda So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev, shuningdek soha mas’ullari ham ishtirok etdilar.

Bunday muloqotlar aholi va davlat idoralari o‘rtasidagi ochiqlik hamda ishonch muhitini mustahkamlash, fuqarolarning muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz