Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

392025-10-30 19:43

So‘x tumanida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303123085.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303124280.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303127865.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303130255.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303131450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303131450.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303132645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393303133840.jpg

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, soha vakillari uchun keng imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan, tadbirkorlarning fikr va takliflarini eshitish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish doimiy e’tibor markazida turibdi.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida So‘x tumani madaniyat uyi binosida Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Nuriddin Mamajonov ishtirokida tadbirkorlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tdi. Unda tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, faoliyatni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga doir taklif va masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda imtiyozli kreditlar ajratish, bank qarzlarining muddatini uzaytirish, kichik sanoat zonalaridagi infratuzilma muammolarini bartaraf etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar yuzasidan jami 20 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning ayrimlariga shu kuniyoq ijobiy yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar tegishli idoralarga yuborilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Sayyor qabuldan so‘ng Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hududlarda bo‘lib, tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi, ular bilan suhbatlar o‘tkazdi. Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar muammolari o‘rganilib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz