Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

402025-10-30 19:40

Xalq qabulxonasida aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098864125.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098867710.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098868905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098868905.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098870100.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098871295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098871295.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393098873685.jpg

So‘x tumanida aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni joyida hal etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Bugun So‘x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev O‘zbekiston Prezidentining So‘x tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi.

Qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Gulchehra Jo‘raeva, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etishdi. Suhbatlar davomida fuqarolarning kommunal soha, uy-joy, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ish bilan ta’minlanish, ko‘mir mahsuloti yetkazib berish, tibbiy xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qabul jarayonida ayrim murojaatlar shu kuniyoq ijobiy hal etildi. Muddati va qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa tegishli idora va tashkilotlarga yuborilib, nazoratga olindi.

Aholi bilan doimiy muloqot va murojaatlar orqali muammolarni hal etish — fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz