Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
144
15

402025-10-30 19:42

Noqonuniy chiqindixonalar tozalandi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215701665.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215705250.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215706445.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215707640.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215711225.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215712420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215712420.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2105393215713615.jpg

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimiz bo‘ylab “Tozalik va ozodalik oyligi” e’lon qilingan bo‘lib, uning doirasida So‘x tumanida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Tozalik — bu nafaqat atrof-muhit, balki insonning ichki madaniyati va ma’naviy dunyoqarashining ko‘zgusidir. Afsuski, ayrim fuqarolarning beparvoligi va mas’uliyatsizligi oqibatida tabiatga zarar yetkazuvchi holatlar hali ham uchrab turibdi.

Shu maqsadda tuman hokimligi huzuridagi shtab a’zolari hamda tuman prokuraturasi vakillari Guliston mahallasida bo‘lib, Demursad sel yo‘li hududida noqonuniy ravishda tashkil etilgan chiqindixonalarni bartaraf etish ishlarini amalga oshirishdi.

Tadbirda tuman “Toza hudud” DUK, Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Ekologiya bo‘limi va Guliston mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi a’zolari ishtirok etishdi. Tozalash ishlariga zarur texnika vositalari jalb etildi, hudud tozalandi va chiqindilar belgilangan joylarga chiqarildi.

Tekshiruvlar jarayonida ma’lum bo‘lishicha, chiqindilar asosan Guliston, Saribozorcha va Demursad mahallalarida yashayotgan ayrim fuqarolar tomonidan keltirib tashlangan. Mutaassifona, bu holat fuqarolarning tozalik borasidagi mas’uliyati hali yetarli darajada emasligini ko‘rsatdi.

Mutasaddi idoralar vakillari tomonidan fuqarolarga qonunchilikda chiqindilarni noqonuniy joylarga tashlash uchun belgilangan jarimalar va javobgarlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mahallada targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish va aholining ekologik madaniyatini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Tozalikni ta’minlash — bu bir kunda yechiladi, deb bo‘lmaydigan ish. Bu, avvalo, har bir insonning vijdoni, ongi va mas’uliyatiga bog‘liq vazifadir. Tabiat — bizning umumiy uyimiz. Uni asrash va ozoda tutish har birimizdan daxldorlik va fidoyilikni talab etadi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz