So‘x tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda








Kuz-qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida So‘x tumanida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, tuman gaz ta’minoti idorasi xodimlari tomonidan Devayron mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga o‘rnatilgan yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasi (GTK) yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu hududdagi o‘rta bosimli GTK demontaj qilindi.
Bundan tashqari, “So‘x GRS–1” hududiga o‘rnatilgan uchinchi sonli yuqori bosimli GTK ham rejali yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Shu bilan birga, aholi xonadonlariga o‘rnatilgan, biroq aloqa tizimiga ulanmagan ASKUG hisoblagichlarini sinxronlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Bu ishlar tuman aholisini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash hamda tizimdagi texnik nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi

So‘xlik Sardorbek Dubayga sayohat yutdi!