Maktablarda maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi bilan qaysi lavozimlar qisqaradi?

Xabaringiz bor, Prezidentning “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimini har bir umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga bo‘shaydigan 3 400 ta shtat birliklari hisobiga maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinmoqda.
2025-yil 1-oktabrdan boshlab maktablarda faqat 1 stavkada ishlaydigan o‘rinbosarlar qoladi. Bunda respublikadagi barcha ta’lim muassasalaridagi 1 stavkadan ortiq bo‘lgan (0,5; 1; 1,5 stavkadagilar ham) barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtat birligi maqbullashtiriladi.
Shu joyda ko‘pchilikda tushunmovchiliklar bo‘lmoqda: “1 stavkadan ortiq bo‘lgan” deganda nima nazarda tutilgan?
Masalan, bir maktabda 2,5 stavka ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari shtati bo‘lsa, uning 1,5 stavkasi qisqaradi. Maktabda o‘quvchilar sonidan qat’i nazar, faqat 1 stavka ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘ladi.
Yuqorida biz maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadigan maktablar ro‘yxatini bergandik. Shunga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanidagi 12 maktabda 2,5 stavka ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bo‘lsa, ularning 1,5 stavkasi qisqartiriladi.
Bunyodjon Enazarov – So‘x tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi

So‘xlik Sardorbek Dubayga sayohat yutdi!