RASMİY MUNOSABAT

Soʻx tumanida ijtimoiy tarmoqlardagi murojaat yuzasidan oʻrganish ishlari amalga oshirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Fargʻona viloyatining Soʻx tumanidagi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻinidagi ‘Sangi Siyoҳ’ va ‘Haqqiqat’ koʻchalaridagi aholining qiynalayotgan muammolari qachon bartaraf etiladi?” nomli maqolada keltirilgan iddaolar va unda Ulugʻbek Davronov ismli fuqaro tomonidan koʻtarilgan muammolar Soʻx tumani mutasaddilari tomonidan oʻrganildi.
Soʻx tuman suv taʼminoti boʻlimi masʼul xodimlarining maʼlum qilishicha, haqiqatan ham mazkur shaxs mahalladagi ichimlik suvi taʼminotiga doir murojaat bilan chiqqan.
Murojaat tuman suv taʼminoti boʻlimi, Hazrati Ali mahalla fuqarolar yigʻini raisi, “Fargʻonasuvtaʼminot” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi va tegishli sohaviy mutaxassislar ishtirokida oʻrganildi.
Oʻrganish jarayonida aniqlanishicha, murojaat yoʻllagan fuqaro mahallaning “Sangi Siyoҳ” koʻchasida istiqomat qiladi va bu hududda ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari mahallaning boshqa koʻchalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
“Sangi Siyoҳ” va “Haqqiqat” koʻchalaridagi aholi uchun ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash masalasi davlat dasturining uchinchi bosqichiga kiritilgan. Mazkur bosqich boʻyicha moliyalashtirish ajratilgandan soʻng, pudratchi tashkilot tomonidan qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, ichimlik suvi taʼminoti tizimi toʻliq yakunlangach, mazkur koʻchalarda tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan asfaltlash ishlari ham rejalashtirilgan.
Oʻrganish jarayonida fuqaro ushbu holatlar haqida atroflicha xabardor qilindi. Maqola muallifi tomonidan yozma yoki ogʻzaki munosabat bildirilmagan.
Soʻx tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz




Aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi

So‘xlik Sardorbek Dubayga sayohat yutdi!