Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
138
14

372025-10-07 17:06

Aholi murojaatlari va muammolari o‘rganildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335274160.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335277745.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335278940.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335280135.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335280135.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335281330.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335282525.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2103007335283720.jpg

So‘x tumanida aholi bilan bevosita va ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Bugun tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bevosita joyida hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining So‘x tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi qabulni o‘tkazdi.

Tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar mas’ullari ishtirok etgan qabul davomida fuqarolarning kommunal soha, bank krediti, uy-joy, dehqonchilik va tadbirkorlik uchun yer ajratish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ishga joylashish, tibbiy xizmat va boshqa masalalar bilan bog‘liq murojaatlari o‘rganib chiqildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli masalalarda bildirgan murojaatlar tinglanib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlarining ba’zilariga shu kuni ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, ijrosi yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar tegishli idoralarga yo‘naltirilib, nazoratga olindi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz