Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
132
14

1152025-09-13 18:09

Rasmiy munosabat

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100533915199330.jpg

Ijtimoiy tarmoqlarda “So‘x tumani Saribozorcha MFY Shitobon ko‘chalarida adashmasam 2023–2024-yillarda asfalashtirilgan” sarlavhasi ostida e’lon qilingan maqolada mazkur ko‘chaning haligacha asfaltlanmaganligi haqida tanqidiy fikrlar bildirildi.

Shu munosabat bilan holatni o‘rganish maqsadida tuman hokimligi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida ishchi guruh tashkil etildi.

O‘rganishlar davomida haqiqatan ham “Shitobon” ko‘chasi asfaltlanmaganligi aniqlandi. Shu bilan birga, mazkur ko‘cha joriy yilgi davlat dasturiga kiritilmagani ma’lum bo‘ldi.

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi shuni ma’lum qiladiki, boshqarma tomonidan ko‘chani asfaltlashtirish uchun taklif ishlab chiqilib, tegishli tartibda davlat dasturiga kiritish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Taklif tasdiqlanib, moliyalashtirilgandan so‘ng ko‘chani bosqichma-bosqich asfaltlash ishlari amalga oshiriladi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz