Yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmon ijrosi So‘x tumanida







O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 10 sentyabrdagi 163-sonli “Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan isloh qilish hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon yoshlar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ularning salohiyatini rivojlantirish va jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatda yoshlar muammolarini individual yondashuv asosida hal qilish, kasbiy qiziqishlarni erta aniqlab mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish hamda ularga oid ma’lumotlarni raqamlashtirish orqali yagona elektron bazani shakllantirish asosiy vazifalar etib belgilandi.
Mazkur Farmonning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish maqsadida So‘x tumani hokimligi majlislar zalida tumandagi barcha mahalla yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘quv seminar tashkil etildi. Tadbirda yoshlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar, mahalla darajasida samarali faoliyat yuritishning yangi mexanizmlari va amaldagi islohotlarning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
O‘quv seminari yoshlar yetakchilari uchun amaliy tajriba maktabi vazifasini bajarib, ularning faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

So‘xtumanibo‘yicha"Tashabbuslibudjet"loyihasining2025-yil2-mavsuminatijalari


Yoshlar bilan sport va vatanparvarlikka oid davra suhbat o‘tkazildi

8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda

So‘x tumanida g‘alla ekish mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi