Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
132
14

1142025-09-13 17:50

Yoshlar bilan sport va vatanparvarlikka oid davra suhbat o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541705765.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541706960.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541708155.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541709350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541709350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541710545.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541711740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100532541712935.jpg

So‘x tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan sportda yuqori natijalarga erishgan va viloyat hamda respublika miqyosida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar hamda FVB xodimlari ishtirokida yoshlar uchun suhbat tashkil etildi.

Tadbir 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida sportchilar va FVB xodimlari o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, sport va sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, vatanparvarlik va mas’uliyatli fuqaro bo‘lish zarurligi haqida yoshlarga samimiy fikrlarini yetkazdilar.

Shu bilan birga, sport orqali intizomlilik, maqsad sari intilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish mumkinligi alohida ta’kidlandi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mazkur tadbir So‘x tumani yoshlarga namuna bo‘la oladigan sportchilar va fidoyi xodimlarning hayotiy tajribasidan o‘rnak olish, ularning sportdagi va xizmatdagi yutuqlarini keng targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.

So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz