Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
132
14

1102025-09-13 17:40

8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida zamonaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811399440.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811401830.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811403025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811404220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811405415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811405415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2100531811406610.jpg

So‘x tumanidagi 8-umumta’lim maktabida o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun munosib sharoit yaratish maqsadida qurilish va ta’mirlash ishlari izchil davom etmoqda.

“Ochiq byudjet” dasturi doirasida ta’lim muassasasiga 1,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilib, asosiy yo‘nalish sifatida zamonaviy oshxona qurilishi va sport maydoni barpo etilishi belgilandi. Yaqin vaqtlerde o‘quvchilar sifatli taomlar bilan ta’minlanib, turli sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu bilan birga, maktab hududida bir qator obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Jumladan, binoning tashqi qismi ta’mirlandi, o‘qituvchilar uyi rekonstruksiya qilindi, darsxonalarga yangi eshik va oyna ramkalari o‘rnatildi. Faqat ta’mir ishlariga 50 million so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltirildi.

Yana bir muhim jihat: endilikda maktab ahli toza ichimlik suvdan ham bahramand bo‘lishadi. Bu ishda astoydil mehnat qilgan soha mutaxassisi Farruxjon Rahimovga maktab jamoasi samimiy minnatdorchilik izhor etadi.

Ushbu jarayonda homiylar, mahalla ahli, o‘qituvchilar va o‘quvchilar ham faol ishtirok etmoqdalar.

— Asosiy maqsadimiz — ta’lim sifatini oshirish va farzandlarimiz uchun zamonaviy shart-sharoit yaratishdir. Ishonchim komilki, bugungi sa’y-harakatlar kelgusida o‘z samarasini beradi va o‘quvchilarimiz bilimli, ma’rifatli, Vatanga xizmat qiladigan shaxslar bo‘lib yetishadilar, — deydi maktab direktori Murodil Qosimov.

Bunyodjon Shomatov – maktab o‘qituvchisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz