So‘x tumanida g‘alla ekish mavsumi oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi








So‘x tumani Tul mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Ozod” shirkat xo‘jaligi dalasida g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusaev ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning axborotini tingladi. Shuningdek, g‘alla ekish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, don ekish otryadlarining samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi texnikalarining to‘liq shayligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.
Seminarda tuman hokimi o‘rinbosari Muslimbek Mavlonbekov, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov hamda sohaning mas’ul vakillari qatnashdilar. So‘zga chiqqanlar g‘alla ekish mavsumini tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatish, mo‘l va sifatli hosil olish uchun sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Ma’lumot uchun, tumanida 2026 yil hosili uchun 3 ta shirkat xo‘jaligi va 11 ta ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi tomonidan 300 gektar maydonga don ekish rejalashtirilgan.
Tuman hokimining o‘rinbosari Muslimbek Mavlonbekov ta’kidlashicha, g‘alla ekish ishlarini 5 oktyabrgacha to‘liq yakunlash hamda har gektardan o‘rtacha 100 sentner hosil olish ko‘zda tutilmoqda.
Ko‘rgazmali seminar g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini samarali tashkil etish, agrotexnika talablariga rioya qilish hamda yuqori hosildorlikka erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



“Soʻxtumangaz” idorasida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi


Sud tizimida 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar

Soʻx tumanida yangi yil shukuhi va soha fidoyilariga ehtirom





