Vatan – muqaddas qadamjo



Vatan – sajdagoh kabi muqaddas. «Vatanni sevmoq iymondandir», deb bejiz aytmagan dono xalqimiz. Buyuk Vatan ichra mitti Vatanimiz – go'zal va notakror So'x bugun tobora chiroy ochib, gullab-yashnab, obod va farovon maskanga aylanib bormoqda. Buning zamirida, eng avvalo, muhtaram Prezidentimizning beqiyos e'tibori, shuningdek, mehnatsevar va jasur So'x xalqining matonati mujassamdir.
Istiqlolimizning 34 yillik tantanasi arafasida menga – So'xning bir farzandiga davlatimiz rahbari Farmoni bilan yurtimizning yuksak mukofoti – “Sho'hrat” medali topshirildi. Bugun Farg'ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov qo'llaridan ushbu medalni qabul qilar ekanman, ko'z oldimda siz – aziz So'x xalqi gavdalandi. Mehnatkash va matonatli, oriyati baland, g'ururi tog'larga namuna bo'lgan yoshlarimiz, ibosi va hayosi chiroyli gullardan ham nozik qizlarimiz, latofatli ayollarimiz, mard va olijanob ota-onalarimiz gavharday ko'z o'numda namoyon bo'ldi. Shuning uchun bu mukofot menga emas – butun So'x xalqiga tegishli, deb bilaman.
Men insoniylikning eng yuksak fazilatlarini, g'ururning eng baland cho'qqilarini aynan siz – aziz So'xliklardan o'rgandim.
Hali oldinda ko'p marralar bor. Bizga Prezidentimizning e'tibori va siz aziz xalqimizning ishonchi kuch va g'ayrat, qanot va ilhom baxsh etmoqda.
Aziz So'x xalqi! Sizga chin yurakdan samimiy minnatdorchilik bildiraman. Birgalikda Vatan ravnaqi va taraqqiyoti yo'lida yanada sidqidildan xizmat qilamiz, degan umiddaman.
Istiqlolimizning 34 yillik bayrami muborak bo'lsin, qadrdon va ardoqli xalqim – aziz So'x aholisi!
Sayidbahrom Sayidmusayev - So'x tumani hokimi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Takroriy ekin – qo'shimcha daromad manbai


So'x tumani doimiy aholisi to'g'risida ma'lumot

Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi