Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
120
12

92025-08-30 15:59

Takroriy ekin – qo'shimcha daromad manbai

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122630725.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122637895.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122639090.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122641480.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122643870.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122647455.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2099079122649845.jpg

O'tgan yillar tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, takroriy ekinlar ham dehqonlarga mo'may daromad keltiradi. Bir tomondan, yer maydonlari bo'sh qolmaydi, ikkinchi tomondan esa mehnat qilgan har bir dehqon o'z hosilidan munosib foyda ko'radi.

Shu haqda suhbatlashganimizda dehqon Mullojon Sarmisoqov quyidagilarni ta'kidladi:– Takroriy ekindan ham yaxshi daromad olish mumkin ekan. Har bir mehnatning o'z samarasi bor, — deydi u.

Mullojon aka bu yil 40 sotix yerga takroriy ekin sifatida sabzi ekib, qo'shni yer egasi bilan birgalikda xasharchilar yordamida uni yaganalash ishlarini olib boryapti.

– Yaganadan chiqqazib olsak, yana bir marta sug'oramiz. Bu yili ob-havo ham dehqonlar uchun juda mos keldi. Shu bois hosilimizdan katta umiddamiz, — deya qo'shimcha qildi mehnatkash dehqon.

Haqiqatan ham, yer maydonlaridan oqilona foydalanib, mehnat qilayotgan bododehqonlar bugun qo'shimcha daromad olish yo'lida astoydil harakat qilmoqda. Barcha mirishkorlarimizga omad va farovon hosillar tilaymiz!

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz