O‘zLiDeP deputatlari kichik sanoat zonalarida





O'zLiDeP So‘x tuman Kengashi deputatlari va partiya faollari tomonidan kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalari o‘rganildi.
O‘rganishda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati va So‘x tumani Kengashi deputati J. Uvodulloev hamda So‘x tuman O‘zLiDeP Kengashi apparat rahbari X. Mamadaliev ishtirok etdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar kichik sanoat zonalaridagi tadbirkorlik subyektlari bilan yaqindan tanishdilar. Ishlab chiqarish jarayonlari, yaratilgan ish o‘rinlari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va yer maydonlaridan samarali foydalanish holati o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud muammolar atroflicha tahlil qilinib, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, yoshlarni ish bilan ta’minlash va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Takroriy ekin – qo'shimcha daromad manbai


So'x tumani doimiy aholisi to'g'risida ma'lumot

Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi