Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
129
13

322025-08-20 18:48

Yangi o'quv yiliga puxta tayyorgarlik

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751975610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751976805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751980390.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751982780.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751983975.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751985170.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751986365.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2098058751986365.jpg

Yangi 2025–2026 o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan Chumoqcha mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'rganildi.

Mazkur maktabga yaqinda yosh va tashabbuskor direktor tayinlanib, o'quv maskanida tayyorgarlik ishlari birdamlikda amalga oshirilmoqda. Sinfxonalar va kabinetlarni ta'mirlash jarayonlariga ham pedagoglar, ham mahalla aholisi faol jalb etilgan.

O'rganish davomida sinfxonalar jihozlanishi va ta'mir ishlari talab darajasida tashkil etilgani ma'lum bo'ldi. Ayniqsa, mahalla yoshlari ham maktabni obod qilish ishlarida tashabbuskorlik ko'rsatib, o'quv yilini munosib sharoitda boshlashga hissa qo'shishmoqda.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan tayyorgarlik jarayonida yangi rejalar muhokama qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo'yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, maktab sport zalida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari ham ko'zdan kechirildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz