Yoshlar yetakchilari faoliyati muhokama qilindi








Mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining ish samaradorligi va ularga berilgan vazifalar qay darajada ijro etilayotgani tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda muhokama qilindi.
Muloqot tuman hokimining o‘rinbosari Ilhom Abdumajidov rahbarligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi mutasaddilari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.
Tadbir davomida qator muhim savollarga javob izlandi:
• yoshlar yetakchilari yoshlarni o‘ziga ergashtira olyaptimi?
• ularning tashabbuslari qay darajada samarali?
• hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Tanqidiy nuqtai nazardan tahlil va muhokamalar asosida yoshlar yetakchilari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga oid tavsiya va takliflar bildirildi. Shu bilan birga, o‘z tashabbuslari bilan namuna bo‘layotgan yoshlar yetakchilarini rag‘batlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar orqali yoshlar bilan ishlash tizimi yanada takomillashishi va ularning jamiyatdagi o‘rni mustahkamlanishiga zamin yaratiladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Suv — hayot, taraqqiyot va farovonlik manbai!

Probatsiyada nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Maktab direktorlari bilan ochiq muloqot

