Savol bering, javob beramiz

Savol: Ish haqi ortiqcha to‘lansa, qaysi hollarda qaytariladi, qaysi hollarda yo‘q?
Javob: Amalda ish beruvchi tomonidan xodimlarga ortiqcha ish haqi to‘lanishi holatlari uchrab turadi. Biroq, bunday vaziyatlarda ortiqcha mablag‘ni qaytarish masalasi har doim ham qonun bilan belgilangan tartibda hal etiladi.
Mehnat kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, agar ortiqcha to‘lov mehnat qonunchiligini yoki tegishli huquqiy hujjatlarni noto‘g‘ri qo‘llash orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, uni xodimdan qaytarib olish mumkin emas. Masalan, intizomiy jazosi amalda bo‘lgan xodimga bayram munosabati bilan mukofot to‘lansa, bu qonun talablariga zid hisoblanadi. Chunki bu yerda ortiqcha to‘lov qonun normalarini noto‘g‘ri qo‘llash natijasida yuzaga kelgan. Shu sababli, bunday mablag‘lar qayta undirilmaydi.
Biroq, ayni modda qator istisnolarni ham belgilaydi. Ortiqcha to‘lov quyidagi hollarda xodimdan qaytarilishi mumkin:
➖ hisob-kitobdagi arifmetik yoki texnik xatolik tufayli to‘langan bo‘lsa;
➖ xodim mehnat normalarini aybli tarzda bajarmagani mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organ tomonidan belgilangan bo‘lsa;
➖ ortiqcha to‘lov xodimning qonunga xilof harakatlari natijasida yuzaga kelgani sud qarori bilan tasdiqlansa.
Bunyodjon Enazarov — So‘x tuman adliya bo‘limi boshlig‘i, 1-darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Suv — hayot, taraqqiyot va farovonlik manbai!

Probatsiyada nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Maktab direktorlari bilan ochiq muloqot


Yoshlar yetakchilari faoliyati muhokama qilindi