So‘x tumanida GPON texnologiyasi orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i kengaymoqda




Oxirgi yillarda tumanimizda aloqa sifati, ayniqsa, internet xizmatlarini aholiga taqdim etish bo‘yicha sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda aksariyat mahallalarda GPON texnologiyasiga asoslangan yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i o‘rnatilib, aholi mazkur imkoniyatdan samarali foydalanib kelmoqda.
Hozirda GPON texnologiyasini yanada kengaytirish ishlari davom etmoqda. Soha mutaxassislarining ma’lumotiga ko‘ra, bu jarayon ayniqsa Sarikanda mahallasida jadal sur’atlar bilan olib borilmoqda. GPON – bu yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etish uchun ishlatiladigan zamonaviy optik tolali tarmoq texnologiyasidir.
Sarikanda mahallasidan tortilayotgan optik tolali tarmoq salqam 1,5 kilometr masofani tashkil etib, u Hazrati Ali mahallasigacha yetkaziladi. Shu bilan birga, qo‘shimcha yaratilayotgan 9 ta port hisobiga yana 500 nafarga yaqin abonent internet xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Suv — hayot, taraqqiyot va farovonlik manbai!

Probatsiyada nazoratdagi shaxslar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi

Maktab direktorlari bilan ochiq muloqot

Yoshlar yetakchilari faoliyati muhokama qilindi
