Devayron mahallasidagi 17-sonli maktabda tayyorgarlik ishlari tanqidiy baholandi








So'x tumani Devayron mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 17-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2025–2026 o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o'rganildi.
Tekshiruv davomida maktabda ayrim ishlar qoniqarli darajada tashkil etilmagani aniqlandi. Hokimlik ishchi guruhi vakillari maktab ma'muriyati bilan o'tkazilgan suhbatda mavjud kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish zarurligini ta'kidladi.
Koridorlar umumiy holda talabga javob bersa-da, ayrim sinfxonalar va kabinetlar hali yangi o'quv yiliga to'liq tayyor emasligi qayd etildi. Mas'ullar bu yo'nalishda mas'uliyat bilan ish olib borishi shartligi uqtirildi.
Masala tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilinib, besh kun ichida qayta o'rganish tashkil etilishi belgilandi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz



Takroriy ekin – qo'shimcha daromad manbai


So'x tumani doimiy aholisi to'g'risida ma'lumot

Otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi