Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
120
12

262025-08-15 20:03

So'x tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimli yo'lga qo'yilgan

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924429360.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924430555.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924431750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924431750.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924432945.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924434140.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924434140.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2097547924435335.jpg

Davlatimiz rahbari raisligida 16 iyulь kuni bo'lib o'tgan videoselektor yig'ilishida xalq bilan muloqot va aholi murojaatlari bilan ishlashni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga alohida e'tibor qaratilgani ma'lum.

So'x tumanida ham ushbu yo'nalishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugun tuman hokimi o'rinbosarlari Sodiqjon Murzoyev va Ilhomjon Abdumajidov ish kunlarini tuman Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun shaxsiy qabul bilan boshladilar.

Qabul jarayonida fuqarolarning turli sohalardagi murojaatlari tinglandi, ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, muddat talab etuvchi murojaatlar esa tegishli ijrochilarga yo'naltirilib, idoraviy nazoratga olindi.

Bu kabi uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, muammolarga tezkor va samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz