Tuman obodonlashtirish boshqarmasi uchun yangi ma'muriy bino qurilmoqda








Ma'lumki, tuman bolalar yozgi sog'lomlashtirish oromgohi hududida obodonlashtirish boshqarmasi uchun zamonaviy ma'muriy bino qurilishi ishlari olib borilmoqda. Mazkur inshoot korxona mablag'lari hisobidan bunyod etilmoqda.
Qurilish jarayonida boshqarma rahbariyati va barcha xodimlar tashabbus ko'rsatib, faol ishtirok etmoqda. Tizim rahbari Oxonjon Oxonjonovning ma'lum qilishicha, ayni paytda bino qurilishi yakunlanish arafasida. Qurilish tashkilotlari bilan hamkorlikda hududni obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.
Bu maqsadda barcha zarur texnikalar va maxsus uskunalar safarbar etilgan. Shuningdek, xizmat avtotransport vositalari va maxsus texnikalar uchun mo'ljallangan shiypon ham qurib bitkazilmoqda.
— Inshoot mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. Uning ishga tushirilishi barcha xodimlarimiz uchun katta tuhfa bo'ladi, — dedi Oxonjon Oxonjonov.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tumanning barcha mahallalarida sayyor qabullar o'tkazilmoqda



Navobod mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati muhokama qilindi