Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
107
12

122025-08-08 17:06

Tumanning barcha mahallalarida sayyor qabullar o'tkazilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467588635.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467591025.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467592220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467593415.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467594610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467595805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467595805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812467597000.jpg

Tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, ayni kunlarda tumanning barcha mahallalarida sayyor qabullar o'tkazilmoqda. Bunday tadbirlarni tashkil etishdan asosiy maqsad — aholi muammolarini o'rganish va ularga amaliy yechim topishdan iborat.

Bugun Lenbur mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi 18-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida navbatdagi sayyor qabul bo'lib o'tdi. Unda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov, tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i Qosimjon Rahimberdiyev, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig'i Faridjon To'raboyev, shuningdek, turli korxona, tashkilot va muassasalar hamda davlat idoralari vakillari ishtirok etdilar.

Fuqarolar murojaatlarini eshitishdan oldin, tuman hokimi so'zga chiqib, quyidagi masalalarga to'xtaldi:

•“Mahalla yettiligi” faoliyati va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi;

•ishsizlik darajasini kamaytirish va kambag'allikni qisqartish choralari;

•aholi, ayniqsa yoshlarning bandligini ta'minlash;

•ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish;

•hudud infratuzilmasini yaxshilash;

•jinoyatchilikning oldini olish;

•to'y va oilaviy marosimlarda ortiqcha dabdabani kamaytirish;

•yosh avlodning ta'lim-tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish.

Shuningdek, tuman hokimi mahalla yettiligi faoliyatini samarali yo'lga qo'yish bo'yicha tavsiyalar berdi.

Tuman prokurori o'z nutqida hududda elektr energiyasidan foydalanishdagi turli noqonuniy holatlarga to'xtalib, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish zarurligini qayd etdi.

Ichki ishlar bo'limi boshlig'i profilaktika inspektorlari faoliyatiga baho berib, jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik zarurligini ta'kidladi. Shu bilan birga, mahallada yosh bolalarning avtomobil va zamonaviy elektroskuterlar boshqarishi tanqid qilindi va bu holatga chek qo'yish lozimligi aytildi.

Tadbir davomida fuqarolar murojaatlari tinglandi, ularga turli mavzularda izoh va javoblar berildi. Barcha qilingan murojaatlarni manzilli o'rganish va ularga ijobiy yechim topishga doir vazifalar berildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz