So'x tumanida muqobil energiya manbalaridan foydalanish masalasi muhokama qilindi








So'x tumanida energiya samaradorligini oshirish va muqobil energiya manbalarini keng joriy etishga bag'ishlangan ko'rgazmali seminar bo'lib o'tdi.
Tuman prokuraturasi tashabbusi bilan “Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ So'x tuman filiali hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda tadbirkorlar, tijorat banklari vakillari, ta'minotchi tashkilotlar mutasaddilari hamda energetika sohasi mutaxassislari ishtirok etdilar.
Seminar jarayonida muqobil energiya vositalarini keng joriy etish nafaqat tizimdagi xarajatlarni kamaytirishi, balki energetik xavfsizlik va ekologik muvozanatni ta'minlashda muhim omil ekani qayd etildi.
Mutaxassislar tomonidan muqobil energiyaning iqtisodiy va ekologik afzalliklari – uzoq muddatli tejamkorlik, energiya mustaqilligi va atrof-muhitga zarar yetkazmasligi haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, bank xodimlari tomonidan muqobil energiya tizimlarini joriy etish uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, davlat dasturlari va qo'llab-quvvatlov mexanizmlari xususida taqdimot o'tkazildi.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Tuman obodonlashtirish boshqarmasi uchun yangi ma'muriy bino qurilmoqda

Tumanning barcha mahallalarida sayyor qabullar o'tkazilmoqda


Navobod mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati muhokama qilindi