Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
107
12

142025-08-08 17:05

So'x tumanida 400 milliard so'mlik drayver loyihalar va yangi turizm maskanlari amalga oshirilmoqda

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399232245.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399235830.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399238220.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399240610.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399241805.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399243000.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399244195.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096812399245390.jpg

So'x tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida 2025 yilda sanoat, savdo, xizmat ko'rsatish va zamonaviy agrotexnologiyalar sohasida jami 403,1 milliard so'mlik 5 ta drayver loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarning moliyalashtirish manbalari etib:
• 199,3 milliard so'm — tashabbuskorlar mablag'lari,
• 65,6 milliard so'm — tijorat banklari kreditlari,
• 11,0 million dollar — xorijiy investitsiyalar belgilangan.

Shu bilan birga, tumanning Rovon mahallasi Soybozor massivi, Sarikanda mahallasi Gayiston massivi va Istiqlol mahallasi Soyako massivida jami 35,4 gektar yer maydonida, umumiy qiymati 319,0 milliard so'm bo'lgan zamonaviy turizm maskanlari qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur maskanlarda sanatoriylar, tibbiy xizmat ko'rsatish ob'ektlari, dam olish maskanlari, sun'iy ko'llar, kichik istirohat bog'lari, kafe-restoranlar va savdo majmualari bunyod etilishi ko'zda tutilgan.

Ayni paytda ushbu turizm hududlarining infratuzilmasini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, So'x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ushbu hududga tashrif buyurib, turizm ob'ektlariga olib boruvchi yo'llarga asfalьt qoplamasi yotqizish bilan shug'ullanayotgan qurilish tashkiloti mutasaddilari bilan uchrashdi.

Shuningdek, hokim turizm maskaniga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish masalasi yuzasidan ham mas'ul idoralar va qurilish tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv chog'ida elektr tarmoqlari, quvurlar va muhandislik kommunikatsiyalari uchun zarur texnik shartlar, belgilangan muddatlar va mas'ullar aniqlashtirildi.

Mazkur yirik infratuzilmaviy va iqtisodiy loyihalarning amalga oshirilishi So'x tumanida ish o'rinlari yaratish, turizmni rivojlantirish va aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz