Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %
Saytni baholash
107
12

312025-08-07 18:14

Navobod mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati muhokama qilindi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068350130.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068352520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068353715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068357300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068358495.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068360885.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068362080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2096714068362080.jpg

Yurtimizda mahalla yettiligi faoliyatiga alohida e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Chunki mahalla yettiligi tuzilmasi orqali fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda ishlash, muammolarni manzilli hal etish va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim natijalarga erishilmoqda.

Mahallalarda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, har olti oyda natijalarni muhokama qilish va jamoatchilikka taqdim etish amaliyoti joriy etilgan. Shu munosabat bilan Navobod mahalla fuqarolar yig'inida mahalla yettiligining 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari bo'yicha hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda mahalla yettiligi a'zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aholi muammolarini o'rganish va hal etish bo'yicha qilingan sa'y-harakatlar, profilaktik tadbirlar, yoshlar bilan ishlash, xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, shuningdek, ish bilan bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalla aholisi hisobot yuzasidan o'z fikr va takliflarini bildirdi. Yig'ilish ishtirokchilari tomonidan yettilik faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tegishli tavsiyalar ham berildi.

So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz