Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
97
11

1032025-07-22 18:49

Majburiy ijro byurosi So‘x tuman bo‘limi tomonidan 154 mln so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi!

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064637545450.jpg

Soliq qarzdorligi muammosi ko‘pchilikka tanish. Lekin ba'zida bu masalaning yechimi MChJning butun faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin. So‘x tumanida Majburiy ijro byurosining qat’iy choralar tufayli aynan shunday vaziyat o‘z yechimini topdi va hatlangan bino-inshoot egasida qoldi.

Majburiy ijro byurosining So‘x tuman bo‘limi ish yurituvdagi qarzdor S.I. MChJga nisbatan jami 4 ta ijro ishi mavjud bo‘lib, umumiy soliq qarzdorligi 154 000 000 so‘mni tashkil etardi.

Byuro xodimlari bir necha bor MChJ rahbarini ogohlantirib, soliq qonunchiligi va ijro yig‘imi haqida tushuntirishlar berdilar. Ammo, rahbarning javobi doim bitta: "Hop bo‘ladi"dan nariga o‘tmadi. Bu so‘zlar ortida hech qanday amaliy harakat bo‘lmadi.

Shundan so‘ng, MIB xodimlari majburiy ijro harakatlariga kirishishga majbur bo‘lishdi. Qarzdor MChJga tegishli bino-inshootlar qonuniy asosda hatlandi hamda MChJning butun faoliyatini to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini anglab yetgan rahbariyat davlat oldidagi majburiyatini jiddiy eslashga majbur bo‘ldi.

Natijada, MChJ tomonidan 154 000 000 so‘m soliq qarzi naqd pul ko‘rinishida va tegishli ijro yig‘imi to‘liq to‘lab berildi. Shu munosabat bilan ijro ishlari O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddasi asosida tamomlandi.

I. Fatojonov – Byuroning So‘x tuman bo‘limi davlat ijrochisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz