Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
97
11

952025-07-22 18:43

Savol bering, javob beramiz

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2095064228024925.jpg

Savol: O‘qituvchi yozgi ta’til davrida kasal bo‘lib qolsa, moddiy yordam puli olishi mumkinmi?

Javob: Olsangiz bo‘ladi, moddiy yordam puli. Buning uchun maktab direktori huzuridagi jamg‘armaga ariza bilan murojaat qilishingiz kerak. Ta’til paytida bo‘lishingiz bu huquqni bekor qilmaydi. Ta’til davrida ham sizning ish o‘rningiz saqlanadi va siz xodim hisoblanasiz.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2022 yildagi 425-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019 yildagi 823-son qarori 33-bandiga o‘zgartirish kiritilgan.

Unga ko‘ra, umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi yoki yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi):

vafot etganda;

og‘ir kasallikka chalinganda;

xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda
ko‘rsatilishi mumkin.

Qoidaning mazmuniga ko‘ra, agar xodim maktabda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan davrda yuqoridagi holatlar sodir bo‘lsa va direktor jamg‘armasida mablag‘ yetarli bo‘lsa, xodim 2 lavozim maoshi miqdorigacha moddiy yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.

Bu shuni anglatadiki, moddiy yordam miqdorini aniqlashda xodimning umumiy ish haqi emas, balki Nizomda aniq belgilangan miqdor inobatga olinadi. Shuningdek, ikki lavozim maoshining to‘liq ikki barobari emas, “ikki barobargacha” bo‘lgan qismi nazarda tutilgan.

O‘ktamjon Ergashev – So‘x tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz